Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-iyuldagi 418-F sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 27-iyun kuni «Regionalgeologiya» DUK ning “Markaziy-O‘zbekiston GTDE” sida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” mavzusida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

Tadbirda Navoiy viloyati Karmana tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik J.X.Mardonov va Fuqaro muhofazasi bo‘linmasi boshlig‘i kapitan Z.Tolibovlar tomonidan, ishchi-xodimlarga tabiiy hamda texnogen xususiyatli Favqulodda vaziyatlar yuz berganda xarakat qilish, yong‘in yuz berganda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy o‘quv-mashqlari o‘tkazildi va mavzuga oid ma’ruzalar qilindi.

Skip to content