Yangiliklar
«Регионалгеология» ДМда Марказий-Ўзбекистон ДГТЭ бурғулаш ишлари
«Регионалгеология» ДМда Марказий-Ўзбекистон ДГТЭ си томонидан «Ауминзатау, Бельтау, Даугизтау, Етимтау тоғларида 1675 км.кв майдонда 1:50 000 миқёсида (ГҚЎ-50) майдонни геологик қайта ўрганиш ҳамда 1000 км.кв майдонда 1:100 000 миқёсида К (ЧГХ-100) чуқур геологик хариталаш ишлари» лоиҳаси доирасида Шимолий-Ауминза майдони Сардара ботиғида майдоннинг мутлоқ геологик ёшини аниқлаш мақсадида 700-800 метр чуқурликгача параметрик бурғи қудуқлари бурғиланмоқда
Муассасамиз фахрий ходимларидан бири
Муассасамиз фахрий ходимларидан бири бўлган “Регионалгеология” ДМ да Стратиграфия партияси отряд бошлиғи 12.11.1952 йилда таввалуд топган Каримова Фирдаус Сабировна “Геология- Минералогия” фанлари бўйича ФАЛСАФА ДОКТОРИ даражасини ёкладилар. Каримова Ф.С. 1977 йиллардан буён геалогия соҳасида фаолият юритиб келмоқда, шу йиллар мобайнида ўз тришқоқликлари ва ишчанликлари билан Давлатимизнинг минерал хомашё базасини ривожлантириш бўйича муносиб ҳиссасини қўшиб келмоқда.
“Регионалгеология” ДМ ходимлари малакасини ошириш
Фаолиятли ёндашув асосида “Регионалгеология” ДМ ходимлари малакасини ошириш “Компютер технологияларидан фойдаланиб (ArcGis-ArcMap) геологик хариталарнинг рақамли турларини яратиш” йўналиши бўйича асосий ишлаб чиқаришдан ажралган ҳолда 2024йил 12 январь санасидан 2024 йил 14 февралга қадар малака оширишлари белгиланган.
Yashil makon” umummilliy loyihasi
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Bo‘stonliq tumanida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining bog‘i barpo etilmoqdaRespublikada amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummiliy loyiha doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan vazirlik bogʻi tashkil etilib, jami 65 gektar maydonda 32,5 ming tup mevali daraxt koʻchatlari ekilishi rejalashtrilgan. Ushbu loyihada Vazirlik tizim osti korxonalari xam … Read more
O‘zbekiston Respublikasi Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi foydali qazilmalar zaxirasi Davlat komissiyasi huzuridagi Markaziy Hududiy zaxiralar komissiyasining bajarilgan xisobotlar bo‘yicha navbatdagi muhokama yig’ilishi 2023 yil 9 avgust kuni “Regionalgeologiya” DUK ning bosh ofisida o’tkazildi.
Yig’ilishda barcha komissiya a’zolari, hamda hisobot ishtirokchilari bevosita ishtirok etdilar. Geologiya qidiruv ishlari olib borilib Davlat ekspertizasidan o’tkazilgan 3 ta uchastkalar hisobotlari yig’ilishda ko’rib chiqildi.
”Regionalgeologiya” DUK Markaziy GGE sining geofizika partiyasi joriy yilning iyul oyida Aristantau uchastkasida geofizika dala ishlarini davom ettirmoqda.
Aristantau uchastkasida turli xil usullarda kompleks geofizik dala ishlari olib borilmoqda yani elektrorazvedka usuli, undalma kutblanish (VP), o’rtacha gradient (SG), nuqtali zondlash (TZ), gravikaqidiruv va magnitka qidiruv usullar bilan 1:25000 miqyosda belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-iyuldagi 418-F sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 27-iyun kuni «Regionalgeologiya» DUK ning “Markaziy-O‘zbekiston GTDE” sida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” mavzusida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi
Tadbirda Navoiy viloyati Karmana tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik J.X.Mardonov va Fuqaro muhofazasi bo‘linmasi boshlig‘i kapitan Z.Tolibovlar tomonidan, ishchi-xodimlarga tabiiy hamda texnogen xususiyatli Favqulodda vaziyatlar yuz berganda xarakat qilish, yong‘in yuz berganda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy o‘quv-mashqlari o‘tkazildi va mavzuga oid ma’ruzalar … Read more
2023-yil 10-iyuldan 10-avgustga qadar “Regionalgeologiya” DUK Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasi va Analitik laboratoriyalar majmuasi tizimida Yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlari o‘tkazildi
Tadbirda fuqarolarning e’tiborsizligi oqibatida sodir bo‘lgan yong‘inlar, yong‘inlar ko‘lami, ularning oqibatlari haqida hamda yong’inga qarshi vositalar, o’t o’chirish vositalarining ahamiyati va yong’in paytida ulardan foydalanish haqida videorolik namoyish etildi.