




Tadbirda Navoiy viloyati Karmana tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik J.X.Mardonov va Fuqaro muhofazasi bo‘linmasi boshlig‘i kapitan Z.Tolibovlar tomonidan, ishchi-xodimlarga tabiiy hamda texnogen xususiyatli Favqulodda vaziyatlar yuz berganda xarakat qilish, yong‘in yuz berganda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy o‘quv-mashqlari o‘tkazildi va mavzuga oid ma’ruzalar qilindi.