Sultonuvays tog‘larida 1:25 000 miqyosida (GQO‘-25) va 1:50 000 miqyosida (ChGH-50) loyihasi hisoboti davrida maydonning Tayanch legendasi va geologik xaritasini tuzish uchun “Regiolnalgeologiya” DUK geologlari va ilmiy tahririy kengash a’zolari, bosh va ilmiy muharrirlari bilan birgalikda birlamchi geologik ma’lumotlar asosida bahsli, intruziv komplekslar va svitalar tarkibi, chegarasi va yoshiga aniqlik kiritish maqsadida «Mineral resurslar instituti» DK da ilmiy yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi foydali qazilmalar zaxirasi Davlat komissiyasi huzuridagi Markaziy Hududiy zaxiralar komissiyasining bajarilgan xisobotlar bo‘yicha navbatdagi muhokama yig’ilishi 2023 yil 9 avgust kuni “Regionalgeologiya” DUK ning bosh ofisida o’tkazildi.

Yig’ilishda barcha komissiya a’zolari, hamda hisobot ishtirokchilari bevosita ishtirok etdilar. Geologiya qidiruv ishlari olib borilib Davlat ekspertizasidan o’tkazilgan 3 ta uchastkalar hisobotlari yig’ilishda ko’rib chiqildi.

”Regionalgeologiya” DUK Markaziy GGE sining geofizika partiyasi joriy yilning iyul oyida Aristantau uchastkasida geofizika dala ishlarini davom ettirmoqda.

Aristantau uchastkasida turli xil usullarda kompleks geofizik dala ishlari olib borilmoqda yani elektrorazvedka usuli, undalma kutblanish (VP), o’rtacha gradient (SG), nuqtali zondlash (TZ), gravikaqidiruv va magnitka qidiruv usullar bilan 1:25000 miqyosda belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda.

Skip to content