“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Bo‘stonliq tumanida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining bog‘i barpo etilmoqda
Respublikada amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummiliy loyiha doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan vazirlik bogʻi tashkil etilib, jami 65 gektar maydonda 32,5 ming tup mevali daraxt koʻchatlari ekilishi rejalashtrilgan.
Ushbu loyihada Vazirlik tizim osti korxonalari xam o‘z xissalarini qo‘shib kelishmoqda. Jumladan Vazirlik bogʻini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish maqsadida joriy yilning 16-noyabr kuni “Regionalgeologiya” DM xodimlari ishtirokida vazirlik bog‘i hududida ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Vazirlik bogʻini barpo etish ishlari davom etirilmoqda.