

Rossiya MChJ “AGT SYSTEMS” korxonasi “Regionalgeologiya” davlat unitar korxonasi xodimlariga 15-fevral dan 18-fevralgacha mashg’ulot o’tkazishmoqda. Markaziy geologj-geofizika ekspeditsiyasining geofiziklari Aeromagnit usullarini o’zlashtirishmoqda.
Aeromagnit usullar geologik qidiruvning samarali usuli bo’lib, foydali qazilmalarni qidirish va atrof-muhit monitoringida keng qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda konlarni o’rganishda qo’llaniladigan EM usullarining aksariyati mobil manba turiga kiradi; ya’ni asosiy maydon manbai qabul qiluvchi bilan bir vaqtda va belgilangan konfiguratsiyada harakat qiladi.
